CTRL K
Kirish
1 min read
Kirish
Bu qo’llanmada biz oddiy eslatmalar (notes) uchun API yaratamiz. Foydalanuvchi eslatma qo’sha oladi, o’qiy oladi, o’zgartira oladi va o’chira oladi. Buning uchun Express.js va MongoDB ishlatamiz.
Nimalar kerak?
Boshlashdan oldin kompyuteringizda quyidagilar o’rnatilgan bo’lishi kerak:
- Node.js - JavaScript’ni serverda ishlatish uchun
- MongoDB - Ma’lumotlarni saqlash uchun (yoki MongoDB Atlas - bulutda)
- Postman yoki Thunder Client - API ni tekshirish uchun
Nima qilamiz?
Biz quyidagi imkoniyatlarni yaratamiz:
| Amal | Yo’l | Tavsif |
|---|---|---|
| Yaratish | POST /api/notes | Yangi eslatma qo’shish |
| O’qish | GET /api/notes | Barcha eslatmalarni olish |
| Birini o’qish | GET /api/notes/:id | Bitta eslatmani olish |
| O’zgartirish | PUT /api/notes/:id | Eslatmani tahrirlash |
| O’chirish | DELETE /api/notes/:id | Eslatmani o’chirish |
Loyihani boshlash
Avval yangi papka yarating va npm ni ishga tushiring:
mkdir notes-api
cd notes-api
npm init -yKerak bo’lgan kutubxonalarni o’rnating:
npm install express mongoose dotenv
npm install -D nodemon- express - server yaratish uchun
- mongoose - MongoDB bilan ishlash uchun
- dotenv - muhit o’zgaruvchilarini o’qish uchun
- nodemon - kodni o’zgartirganda serverni qayta ishga tushiradi
package.json fayliga quyidagi skriptlarni qo’shing:
{
"scripts": {
"start": "node src/index.js",
"dev": "nodemon src/index.js"
}
}Keyingi bo’limda loyiha tuzilishini ko’rib chiqamiz.